23:00 / 09.11.2018
9 273

Endi O‘zbekistonda turib, Rossiyada ishlash uchun patent olish mumkin

Endi O‘zbekistonda turib, Rossiyada ishlash uchun patent olish mumkin
O‘zbekistonda Rossiyaning ko‘p tarmoqli migratsiya markazi tashkil qilinishi kutilmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar qildi.

Markazda O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada mehnat qilishga patent beriladi.

O‘zbekiston fuqarolariga patent berish tashabbusini 2018 yil 30 oktyabr kuni Moskvada O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov va Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vazirining o‘rinbosari Aleksey Cherkasov muhokama qilgan.

Tomonlar erishilgan kelishuvlar bo‘yicha 2018 yil 20 dekabrda Toshkentda ishchi guruhning ilk yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olishgan.

Bundan tashqari uchrashuvda O‘zbekiston aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi va Rossiya mehnat vazirligi Butunrossiya ilmiy tadqiqot instituti va Iqtisodiyot oliy maktabi o‘rtasida fuqarolarning ish stajini hisobga olish va pensiya huquqlari bo‘yicha hamkorlik bitimi loyihasi, shuningdek ikki davlat pensiya jamg‘armasi o‘rtasidagi elektron baza ma’lumotlarini almashish masalalari muhokama qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi O‘zbekistonda turib, Rossiyada ishlash uchun patent olish mumkin