Qozog‘iston Milliy banki Halyk Bank’ga O‘zbekiston hududida Tenge Bank sho‘’basini ochishga ruxsat berdi. Bu haqdagi xabar Milliy bank saytida joylashtirilgan.
Halyk O‘zbekistonda filial ochish niyatida ekanini ma’lum qilgan birinchi Qozog‘iston banki bo‘ldi. Toshkent shahrida moliyaviy tashkilotning sho‘’basi - Tenge Bank faoliyat ko‘rsatadi.
Halyk Bank Rossiya, Qirg‘iziston, Gruziya va Tojikistonda sho‘’balarga ega. O‘zbekiston bozoriga kirish bank uchun rivojlanish strategiyasining mantiqiy davomi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 28ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikkinchi darajali banklarning jami aktivlari - 194,6 trln so‘m yoki joriy kurs bo‘yicha 24,1 mlrd dollar. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2017 yilda 249,1 trln so‘mni - 30,7 mlrd dollarni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, hozir O‘zbekistonda faqat beshta bank xorijiy kapital ishtirokida ishlamoqda: «Savdogar», Hamkorbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Eronning «Saderat» va KDB Bank Uzbekistan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi