14:11 / 13.11.2018
5 838

2019 yildan Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib beradi

2019 yildan Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib beradi
Rossiyaning Oltoy o‘lkasi 2019 yildan O‘zbekistonga cho‘l zotidagi chorva mollarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘lka Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Chebotayev xabar berdi.

"2000 ta zotdor hayvon Oltoy o‘lkasidan tashqariga sotildi. Hayvonlar Rossiyaning 14 ta hududiga va Qozog‘istonning ba’zi viloyatlariga yetkazib berilmoqda. Oktyabrda bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekistonning hududlararo hamkorlik forumida O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib berish bo‘yicha ilk kelishuvlarga erishildi. Keyingi yildan Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga cho‘l zotli chorva mollarini eksport qilishni rejalashtirmoqda",– dedi vazir.

O‘zbekistonda 2018 yil boshidan buyon go‘sht mahsulotlari narxi o‘rtacha 23 foizga oshdi. Ushbu davrda, ayniqsa, mol go‘shti va qo‘y go‘shti narxi sezilarli darajada o‘sdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, joriy yil O‘zbekistonda 2,4 mln tonna go‘sht yetishtirilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 30 oktyabrda imzolagan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarga qadar tirik yirik qoramol, qo‘y-echkilar va ularning go‘shtini bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin bo‘ladi.

Oltoy o‘lkasi chorva mollari Rossiya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yildan Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib beradi