
Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchisi talabalarni “kazyol”, “kazyol” deya haqoratlab, urayotgani aks etgan video tarqaldi.
Video ostida esa, ushbu hodisa Buxoro viloyatidagi Oliy oʻquv yurtida sodir boʻlgani, talabalarni kaltaklayotgan oʻqituvchi oliy matematika fanidan dars berishi, oʻqituvchining bunday harakatiga sabab, talabalarning darsga boʻyinbogʻ taqmay kelgani toʻgʻrisidagi izoh qoldirilgan. Videoni auditoriyada oʻtirgan talabalardan biri oʻqituvchidan yashirincha tasvirga olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar