19:04 / 20.11.2018
8 689

Fattoh Shodiyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi

Fattoh Shodiyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi
Bugun, 20 noyabr kuni Qayum Shodiyevich Shodiyev 99 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Yaqinlari, do‘stlari uni qanday eslaydi? Kimdir uni basavlat, kulib turgan holatda eslaydi, yana kimdir mehmondo‘st va mehribon Qayum boboni yodga oladi. Ba’zilarning ko‘z o‘ngida kuchli, aqilli, ammo sodda mehnatkash, minglab yurtdoshlari bilan Mirzacho‘lni rivojlantirgan muhandis gavdalanadi. Ayrimlar esa uning o‘g‘illari Hakim, Nabi, Qosim, Fozil, Qobul, Fattoh, Rauf Shodiyevlarni eslaydi.

Qayum Shodiyev Mulla Shodining o‘g‘li. U o‘tgan asrning boshlarida tug‘iladi. Qayum oddiy qishloq oilasida o‘sadi. Onasidan erta yetim qolgan Qayum otasi tarbiyasini oladi.

U bo‘lajak kasbini otasi bilan suhbatlar natijasida bolaligidayoq aniqlab olgan. Mulla Shodi jizzaxlik qishloq odamlarining Mirzacho‘lni o‘zlashtirish orzulari haqida gapirib bergan. Tekstil institutini tamomlagach, injener mexanik sifitida ish boshladi.

Qayum Shodiyev Andijon va Toshkent viloyatlaridagi paxta tozalash zavodlarini qayta tiklash ishlarida qatnashgan. 1950 yildan 1960 yilgacha Mirzacho‘ldagi Jizzax paxta tozalash zavodida direktor bo‘lib ishlagan.

1964 yilda Qayum Shodiyev Paxtani qayta ishlash sanoati vazirligidagi hamkasblari qarori bilan Sirdaryo viloyati Paxtani qayta ishlash va tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. O‘sha davrda bu Qayum Shodiyev qishloq va siyosiy elitaga kirganini anglatgan. “Hurmat belgisi” ordeni bilan taqdirlangan.

1979 yilda Qayum Shodiyevni Jizzax viloyati Paxtani qayta ishlash va tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlashgan. Qo‘l ostidagilar Qayum Shodiyev har daqiqada paydo bo‘lishi va hisob so‘rashi mumkinligini bilishgan. Ular doim qancha paxta o‘rami jo‘natilganini aniq aytishi kerak bo‘lgan. Qayum Shodiyev ishga layoqatsiz va bilimsiz odamlarni hush ko‘rmagan.

Sodda va hayotni sevuvchi Qayum Shodiyev “Ijodkorga jahl qilish kerak emas, o‘zaro tinchlik, sevgi, mehr va sabr bilan yashash kerak”, deb bot-bot takrorlagan.

Aynan shunday shaxslar ajdodlarining buyuk yo‘lini davom ettirib, jamiyatning o‘ziga xosligini belgilab beradi va aynan shunday xarakterlar o‘z millati va xalqining mustahkam, muhim kishisiga aylanadi, o‘tmishdoshlarining bir necha asrlik aloqalari hamda an’analarini rivojlantiradi. Qayum Shodiyev ham xotiralarda fidokor o‘zbek farzandi sifatida qoladi.

Marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fattoh Shodiyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi