Bugun taxminan soat 8:05 larda Shahrisabz-Qarshi avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini favqulodda kompleks tekshiruvdan o‘tkazish rejasiga muvofiq, harbiy avtomobillar kolonnasi o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazish hududi tomon yo‘l olayotgan edi. Yuqorida qayd etilgan yo‘l chorrahasidagi harakat harbiy avtomobil inspeksiyasi xodimlari tomonidan tartibga solinayotgan edi.
Inspektorlar harakatni taqiqlashga ishora qilganiga qaramay, davlat raqami “70 U 110 MA” bo‘lgan “Lasetti“ rusumli avtomobil harakatlanishda davom etdi. Natijada u “ZIL-131” rusumli harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Uch kishi – yengil avtomobil haydovchisi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi,“Lasetti“ning yana bir yo‘lovchisi jarohat oldi.
Jabrlangan fuqaroga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatildi, hozirda uning holati barqaror va hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Manba: UzA.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin