12:27 / 30.11.2018
4 989

Markaziy bank: Banklardan naqd dollarni qachondan sotib olish mumkin?

Markaziy bank: Banklardan naqd dollarni qachondan sotib olish mumkin?
Banklar tomonidan naqd valyutani sotishni tashkil qilish kunning dolzarb masalasi qatoridan o‘rin olgan, deb ma’lum qilingan Markaziy bankda o‘tkazilgan valyutani tartibga solish va monetar siyosat mavzuidagi brifingda.

Brifing davomida valyutani tartibga solish va to‘lov balansi Departamenti rahbari Bobir Abubakirov «qora bozor» mavjud bo‘lishi uchun iqtisodiy sabablar yo‘qligini aytgan va banklar jismoniy shaxslarga chet el valyutasini chegaralanmagan miqdorda sotishini qo‘shimcha qilgan.

Markaziy bank vakillari, banklardan naqd chet el valyutasini xarid qilish imkoniyati mavjud emasligini cheklov sifatida nomlash mumkin emasligini qayd etdilar.

«Valyutaning konversion kartalarga sotilishini – yuridik jihatdan cheklov tarzida qabul qilish mumkin emas. Qolaversa, prezidentning mart oyidagi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar xarid qilingan valyutani naqd holda chegaralanmagan miqdorda yechib olish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar», — deb aytgan Abubakirov.

U shuningdek, banklar tomonidan naqd valyuta sotilishi masalasi kun tartibidan o‘rin olganligini xabar qilgan. Bu masala «valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri ko‘zdan kechirilganidan so‘ng ko‘rib chiqilishi mumkinligi aytildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank: Banklardan naqd dollarni qachondan sotib olish mumkin?