“O‘zbektelekom” kompaniyasi O‘zbekistonda “YouTube” va “Facebook” servislari ochilmayotganidan yaxshi xabardor hamda bu muammoni hal qilish yo‘lida ishlamoqda. Bu haqda kompaniyaning sotuvlarni va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Zufarov aytib o‘tdi.
Mazkur bayonotni Alisher Zufarov 30 noyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilgan internet xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish borasida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot anjumanida berdi. Anjuman davomida oxirgi bir necha oy davomida mamlakatda “vpn”siz ishlamayotgan servislar – “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i hamda “YouTube” videoservisi atrofidagi vaziyat yuzasidan savollar berilishi kutilayotgan edi. Ammo Alisher Zufarov savol-javobga qadar o‘z chiqishida kompaniya mazkur muammodan boxabar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uning aytishicha, tilga olingan servislarning ishlashidagi muammolarni hal qilish maqsadida “O‘zbektelekom” “YouTube” va “Facebook” vakillariga murojaat qilgan. Ayni damda ikki tomonlama muzokaralar davom etmoqda. Ushbu muzokaralar yakunlari qanday bo‘ladi, ular qachongacha davom etadi – bu haqda “O‘zbektelekom” vakili aniq ma’lumot bermadi.
“Bu muammo hal bo‘lishidan biz ham manfaatdormiz”, – deb ta’kidladi Alisher Zufarov.
“Muammo hal bo‘lishiga hech kim shubhalanmayapti. Bunga shunchaki vaqt kerak. Tushunishingizga umid qilamiz”, – qo‘shimcha qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi