
Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, YPX xodimi quyidagi hollardagina haydovchi va yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:
- transportdagi texnik nosozlik va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish uchun;
- haydovchi transportni mast holda boshqarayotganida;
- transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlari bilan yozilgan raqamlar o‘rtasida farq aniqlanganda;
- transport yoki yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
- haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganda;
- haydovchining kabinada bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lganida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar