7 061
O‘zbekiston bayrog‘i haqida nomaqbul gaplar aytgan qiz barchadan kechirim so‘radi (video)
Ijtimoiy tarmoqlardaToshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yonida qad ko‘targan bayroq oldida nomaqbul gaplar aytgan qiz videosi tarqaldi, deya xabar qilmoqda Daryo.
Videoda qiz: «Ona, biz Toshkentga keldik, Timati konsert berib turgan edi-ku, kelgunimizcha ketib qolibdi» — deya baqiradi. Shundan so‘ng qiz o‘sha maydonga o‘rnatilgan bayroqni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. «Ona, manavi bayroqning uzunligini qarang, ustiga o‘tirsa bo‘ladi, ona», — deya gapiradi. Ushbu so‘zlardan so‘ng uning do‘stlari ham jo‘r bo‘lib kuladi.
Shundan so‘ng uning bu xatti-harakatlari internet foydalanuvchilari orasida yomon munosabat bilan kutib olindi. Hattoki xonanda Tolibjon Isroilov ham uning bu harakatlarini qoralab videomurojaat qildi.
Qiz ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarni ko‘rgandan so‘ng barchadan kechirim so‘rash uchun videomurojaat qildi.
«Men bu videoda bayroqni gapirib noto‘g‘ri ish qildim. Men ham O‘zbekistonda tug‘ilganman, o‘zbek xalqining qiziman. Bu shunchaki parodiya edi, bayroqni haqorat qilmoqchi emas edim. Men xato gapirib qo‘ydim», – deydi video «qahramoni». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi