Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB huquq himoyachilari fuqarolarning tartib o‘rnatish haqidagi murojaatidan so‘ng Chilonzor va poytaxtning boshqa tumanlarida muntazam monitoring olib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro OAVga xat yo‘llab, unda Chilonzor-18 dahasidagi 16-uy derazalari tagiga har kuni fohishalar o‘tirgan avtomobillar kelib to‘xtashi, bu esa mahalliy aholiga tinchlik bermayotganligidan shikoyat qilingan edi.
Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aybi aniqlangan fuqarolarga sanksiyalar qo‘llanilmoqda.
«29 dekabrdan boshlab IIBB xodimlari ko‘rsatilgan yo‘l qismida muntazam patrullik olib bormoqda (jumladan tungi vaqtda ham). Tungi tinchlikni buzayotganlar ko‘pincha avtomobillardan foydalanganligi sababli patrullik qilishda profilaktika inspektorlari bilan bir qatorda IIBB YHXB xodimlari ham ishtirok etmoqda. 29 noyabr kuni to‘rt nafar qiz qo‘lga olingan, 30 noyabr kuni — yana ikki nafar», — deyiladi xabarda.
Statistikaga ko‘ra, yil davomida 65 ta qiz hisobga qo‘yilgan, yana 826 nafar qizga nisbatan Ma’muriy kodeksning 190-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi