O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan zarur choralar ko‘rish lozim. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma’lum qildi.
«Savol tug‘iladi: mamlakatimizda haqiqiy ishsizlar soni qancha? Iqtisodiyotning norasmiy sektorida necha foiz aholi band? Xorijga ish qidirib ketganlarning soni-chi?
Biz bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerak: bitta ishsiz odam o‘nta muammo degani. Bu muammolar ishsiz odamning o‘ziga, oilasi va mahallasiga, jamiyatga keltiradigan zararini hisoblasak, masalaning naqadar jiddiy ekani yanada oydinlashadi», — dedi davlat rahbari.
Prezidentga ko‘ra, bu yil qabul qilingan «Har bir oila — tadbirkor» hamda «Yoshlar — kelajagimiz» dasturlari doirasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi, ayniqsa, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun katta imtiyozlar berildi. Kelgusi yilda ham ushbu dasturlar ijrosi qat’iy nazoratga olinib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi