Toshkentda Yangi yilning bosh archasi o‘rnatilmoqda

Toshkentda Yangi yilning bosh archasi o‘rnatilmoqda
Bugun, 9 dekabr kuni ertalabdan Toshkentning Mustaqillik shoh ko‘chasiga Yangi yil bayramining bosh archasini o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Toshkentda Yangi yilning bosh archasi o‘rnatilmoqda
Foto: O‘zA
Avvalroq Toshkent shahar hokimligi O‘zbekistonning asosiy archasi Mustaqillik shoh ko‘chasi — Yoshlar ijod saroyi yaqiniga o‘rnatilishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari Yangi yil archasi poytaxtning yana oltita nuqtasida paydo bo‘ladi. Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati bayramgacha Toshkent yanada yorqin va chiroyli bo‘lishiga ishontirmoqda. Eslatib o‘tamiz , joriy yil ham o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan 30 dekabrdan 3 yanvarga qadar dam oladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar