
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ota-onalar kunini belgilash va uni bayram sifatida nishonlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“O‘zbek xalqida ota-onaga hurmatda bo‘lish eng yuksak qadriyatlardan biridir. Shu sababdan ota-onalarga hurmat ruhini yoshlar ongiga chuqur singdirishimiz zarur. Ota-onalarga hurmat va e’zoz yuzasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida “Ota-onalar kuni” keng nishonlanadi. Masalan, BMTda 1 iyun, AQShda iyul oyining to‘rtinchi yakshanbasi, Koreya Respublikasida 8 may, Vetnamda 7 iyul “Ota-onalar kuni” hisoblanadi”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, shu boisdan mamlakatda ota-onalar kunini bayram sifatida nishonlash kerak. 14 yanvarda “Vatan himoyachilari kuni”, 8 martda “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 1 iyunda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, 30 iyunda “Yoshlar kuni”, 1 oktyabrda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlanmoqda.
“Davlatimiz tomonidan “Ota-onalar kuni”ni bir sanada belgilash va mazkur kun doirasida oila, ota-onalarning mukarram va ulug‘ligini eslatuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini, bayram tadbirlarini o‘tkazishni taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar