O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi.
Farmoyishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvarga qadar o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, «Vatanparvarlik oyligi» davomida «Harbiy-vatanparvarlik karvonlari»ning ta’lim muassasalariga tashrifini uyushtirish, o‘spirin yoshlar o‘rtasida «Men, albatta harbiy bo‘laman!» tanlovini o‘tkazish, Yoshlar «Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi «Eng yaxshi selfi» tanlovini tashkil etish, harbiy-vatanparvarlik «Eng yaxshi mahalla» va «Eng yaxshi Jasorat klubi» tanlovini o‘tkazish kabi ko‘plab vazifalar ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?