Men shaxsan uning “Selfi“ degan klipidan uyaldim.
Bolalarini qo‘shibdi, prezidentni qo‘shibdi va sharmandalik marshini kuylabdi.
Bunaqa yaltoqlanish bilan nafaqat o‘zi, O‘zbekiston prezidentining ham imijini bulg‘aydi.
Men prezidentimizning ustidan Arkadag‘ning ustidan kulgandek kulishlarini istamayman.
Prezident imiji ― har bir fuqaroning, (mening ham) bir qismi, yuzi, nomusi, sharafi. Unga mas’uliyat bilan qarash kerak, shaxsiy ambitsiyalari yo‘lida undan foydalanish ― kaltabinlik!
Uzoq yillar nashriyotlarda ishlaganman. Biron kitobga prezidentning suratini joylashtirish uchun prezident matbuot xizmati bilan kelishish kerak degan qoida bor.
Chunki prezident ― shunchaki shaxs emas, davlatning yuzi. Uning qiyofasi davlat ramzlari kabi muhim.
O‘tgan yili bir aktyor o‘zi haqidagi kitobga prezident bilan tushgan suratini kiritmoqchi edi (maqtanmoqchi edi deya qolaylik, har narsani o‘z nomi bilan atagan durust). Prezident matbuot xizmati ruxsat bermadi (to‘g‘ri qildi!)
Nahotki, shu “selfi“ga ruxsat berishgan. Yoki bu shaxsiy tashabbusmi?
Butun dunyo O‘zbekistonga ko‘z tikib turgan pallada prezidentning qiyofasini maddohlarcha kuylangan didsiz “qo‘shiq“qa qorishtirish unga shunaqa arzongarov, “lobovoy“ maqtovlar yoqadi degan yolg‘on tasavvurni tarqatish-ku bu.
Prezident chiqib tanqid qilinglar, ura-urachilik yetar deb tursa-da, bular ura-uralasa...
Men senzuraga qarshiman, ammo ahmoqlarni senzura qilib turmasa bo‘lmas ekan deyapman shu tobda.
Shahnoza To‘raxo‘jayeva blogidan olindi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi