16:10 / 21.12.2018
2 579

O‘zbekistonda xorijdagi vatandoshlarning elektron katalogi yaratilmoqda

O‘zbekistonda xorijdagi vatandoshlarning elektron katalogi yaratilmoqda
Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "El-yurt umidi" jamg‘armasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida xorijdagi vatandoshlar ro‘yxatining elektron katalogi yaratilayotgani qayd etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2019 yilning yanvar oyi oxirida bu tizim onlayn rejimda ish boshlaydi. Ularni taklif etish va ular bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun jamg‘arma Vasiylik kengashining tartibi bor.

Ularga oylik maoshlar belgilash, ijtimoiy imtiyozlar mana shu tartibga ko‘ra muloqot davomida belgilanadi. Zarur o‘rinlarda ularni uy-joy bilan ta’minlash masalasi ham jamg‘arma rejasida bor.

"Kelgusi yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan forum bu boradagi navbatdagi dadil qadam, yaxshi muloqot maydoni bo‘ladi", - dedi mutasaddilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda xorijdagi vatandoshlarning elektron katalogi yaratilmoqda