2018 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Raqamli texnologiyalar davrida fuqarolarning asosiy huquqlarini qo‘shimcha mustahkamlashga qaratilgan muhim huquqlarni ta’minlashni nazarda tutuvchi ushbu qonun loyihasi shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash ishtirokchilarining o‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya etishini ta’minlash, fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlari ustidan nazorat qilish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.
Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni xalqaro uzatishini soddalashtiradi hamda qayerda qayta ishlanishidan qat’i nazar, fuqarolar ma’lumotlari himoyasini ta’minlash kafolatlarini yaratadi.
Fuqarolarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, ularning shaxsiy hayoti daxlsizligi bo‘yicha huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olishga ko‘maklashadi.
Muhokamalar chog‘ida deputatlar O‘zbekiston tarixida insonning shaxsiy hayot daxlsizligini muhofazalash borasida yangi bosqichni boshlab beradigan ushbu qonun loyihasi muhim va zarur hujjat bo‘lishini ta’kidladilar. Ammo u so‘z va fikr erkinligi cheklanishiga olib kelmasligi zarurligini qayd etdilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”