O‘zbekistonda endi mahallalarda jinoyat sodir etilsa, buning uchun mahalla raisi, profilaktika inspektori, uning yordamchisi jarimaga tortiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytildi.
«Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak. Investitsiya olib kelayotgan odam internetdan ko‘radi: tinchmi yoki notinchmi davlat, deb. Kelib kechalari ham bemalol yurishi kerak. Bizda oldin soat sakkizdan hammayoqni yopib qo‘yib, qorovullik qilardik. Bolalarimiz keyin qayerga borishini bilmay yurardi. Borsin, aylansin. Lekin qonun ustuvorligini davlat ta’minlashi kerak», - dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy natijaga erishgan profilaktika inspektorlari va mahalla faollari rag‘batlantiriladi. Vazifasini yaxshi bajargan xodimlarga ustama haq to‘lanadi.
«Agar mahallada jinoyat bo‘lmasa, mahalla raisiga ham, profilaktika inspektoriga ham, uning yordamchisiga ham to‘laymiz. Jinoyat bo‘lganlarga ellik foiz jarima solamiz. O‘ylaymanki, bu adolatdan bo‘ladi.
Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak. Endi viloyat hokimi jinoyat bo‘lsa, har kuni bir soat barcha mutasaddilarni yig‘ib, yig‘ilish o‘tkazadi. Jinoyat sababi o‘rganiladi. Joylardagi xotin-qizlar vakillari uxlab o‘tiribdi», - dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?