O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni poytaxt markazida tashkil etilgan yangi yil bayrami maydoniga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident bayram tomoshasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, bolajonlarga sovg‘alar bergan.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat parlamentiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.
Davlat rahbari o‘z so‘zining avvalida o‘tayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi, so‘ng amalga oshirilishi rejalashtirilgan narsalar haqida ma’lumot berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni mamlakat tarixida birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etgan edi.
Bu yilgi Murojaatnomada tugayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar, davlat ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi