
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil ayyomiga bayramona konsert dasturlari tuhfa etilmoqda.
Konsertning dastlabkisi bugun, 27 dekabr kuni poytaxtimizning Mustaqillik shoh ko‘chasidagi Yoshlar ijod saroyi yonidagi ochiq maydonga o‘rnatilgan Yangi yil bayramining bosh archasi oldida Qorbobo kiyimiga kiyingan harbiy san’atkorlar tomonidan taqdim etildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ertaga, 28 dekabr kuni soat 15:00 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmui oldida harbiy okrestrning navbatdagi aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, harbiy orkestrning bayramona konserti yana quyidagi joylarda o‘tkaziladi:
- 29 dekabr kuni soat 15:00da Qo‘yliq massividagi “Kompas” ko‘ngilochar savdo majmuasida;
- 30 dekabr kuni soat 15:00dan 18:00ga qadar poytaxt metropoliteni liniyalarida;
- 31 dekabr kuni soat 10:00da Yangi yil bayramining bosh archasi oldida (mo‘ljal Yoshlar ijod saroyi).
Shuningdek, poytaxtdagi Yangi yil bayramining bosh archasi oldida 2019 yilning 3 yanvar kuniga qadar soat 19:00 dan 20:00 gacha mazkur tomoshalar bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar