21:35 / 30.12.2018
6 799

Yangi yil mushaklari Toshkentning uchta joyida otilishi ma’lum qilindi

Yangi yil mushaklari Toshkentning uchta joyida otilishi ma’lum qilindi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Chilonzor tumani va Xalqlar do‘stligi maydonida bayram mushakbozliklari bo‘lib o‘tadi. Mushakbozlik 2018 yil 31 dekabrdan 2019 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi, soat 24:00 da boshlanadi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtdoshlarimiz bayram mushakbozligini quyidagi manzillarda jonli tomosha qilishlari mumkin:
  • Yunusobod tumanida: Yangi shahar ko‘chasi va Yangi Yunusobod ko‘chasi kesishmasida, Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida. Xalqlar do‘stligi maydonida: Xalqlar do‘stligi maydoni, Beshyog‘och maydoni, Seul hamda Bobur ko‘chalarida;
  • Chilonzor tumanida: Bunyodkor ko‘chasi va Kichik Xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasi kesishmasi, Bunyodkor yo‘li ko‘chasi hamda “Milliy” stadionining Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida joylashgan avtomobillar to‘xtash joyida.

Fuqarolardan mushakbozlik tadbiri doirasida ehtiyotkorlik choralarini unutmaslik so‘ralgan. Ta’kidlash joizki, Yangi yil mushakbozligi tomoshalari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining barcha telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi yil mushaklari Toshkentning uchta joyida otilishi ma’lum qilindi