2019 yil 1 yanvar kuni, soat 19.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1442 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 727 nafari o‘g‘il bola, 715 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (168 nafar) dunyoga keldi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati (161 nafar) va Qashqadaryo viloyati (146 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.
«Ayni paytda respublika bo‘ylab, Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 220tadan ortiq tug‘ruq komplekslari tun-u kun faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 230ga yaqin muntazam ishlayotgan navbatchi akusherlar brigadasi xizmat ko‘rsatyapti», - deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yilning birinchi kuni 1961 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga 33085,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 %ga o‘sgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi