OAVda is gazidan zaharlanish holatlari bo‘yicha o‘nlab xabarlar berildi, o‘tgan kuzda va qishda o‘nlab kishilar vafot etdi. U nima va havoda qanday paydo bo‘ladi?
Har qanday yoqilg‘ining chala yonishi oqibatida is gazi sizib chiqadi, ya’ni yoqilg‘i to‘liq yonishi uchun atmosferada yetarli kislorod (havo) bo‘lmagan holatda is gazi paydo bo‘ladi. U ko‘zga ko‘rinmaydi, hidsiz, ta’msiz. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot bergan.
«Is gazi o‘ta o‘tkir, ta’sirchan bo‘ladi. Uning zaxarlanish va o‘limga olib kelish o‘rtasida konsentratsiya oralig‘i juda qisqa. Masalan, xona havosi tarkibida 0,1 foiz is gazi yig‘ilsa, xonadagi barcha kishi taxminan yarim soatda vafot etish ehtimoli yuqori bo‘ladi», - deydi vazirlik mas’ul xodimi.
Ma’lum qilinishicha, yoqilg‘i to‘liq yonishi uchun yetarli sharoit bo‘lmasa, ayniqsa havo yetishmaganda, is gazi yig‘iladi. Shuningdek, shamollatish yo‘laklarining to‘sib qo‘yilishi, dudburonga axlat yig‘ilib qolishi, tozalanmasligi, havo tortish kuchi yo‘qotilishi havo tarkibida is gazi ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
«Har qanday yoqilg‘i yonishi jarayonida ma’lum miqdorda is gazi paydo bo‘ladi. Demak, yonish oqibatida paydo bo‘lgan islar dudburon orqali tashqariga chiqib ketishi zarur. Albatta, yoqilg‘i yonayotgan joyga tashqaridan havo kirib kelishi uchun tuynuk bo‘ligi kerak», - deydi vakil.
Ma’lumot uchun, ushbu modda inson organizmiga nafas yo‘llari orqali ta’sir qiladi. U gemoglabin bilan kislorodga nisbatan 300 marta kuchli birikma – karboksigemoglabinni hosil qiladi. Oqibatda gemoglabinning to‘qimalarga kislorod tashish qobiliyati susayadi va bu gipoksiya (kislorod yetishmasligi), og‘ir holatlarda esa anoksiyaga olib keladi. Shu tariqa inson hayotiga nuqta qo‘yilishi mumkin.
O‘rganish davomida qiziq holat yuzaga chiqdi. 2018 yilning avgustida «O‘ztransgaz» AJ ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2018 yilning 4 oyida (yanvar-aprel oylarida) is gazidan zaharlanish oqibatida 54 kishi jabrlangani, 58 kishi vafot etgani aytilgandi (2017 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab 81ta is gazidan zaharlanish holatlari qayd etilgan va 83 kishi halok bo‘lib, 110 kishi jabrlangan).
Ammo 2018 yilning oktyabriga kelib, yil ko‘rsatkichlari kamayib qoldi. Joriy yilning 10 oyida is gazi bilan bog‘liq 32 holatda 53 kishi jarohatlangani, 35 kishi vafot etgani ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi