
Aytishlaricha, 32 yoshli Guli Murodova millionerni kafeda ofitsiantka bo‘lib ishlayotganda «qarmoqqa ilintirgan» ekan. Ammo ularning munosabatidan lordning qonuniy xotini Shaydu Shixni xabar topgan. Guli darhol vatanga jo‘nab kundosh ta’qibidan yashiringan. Ammo Muhammad Iltof xotini bilan qonuniy ajrashdi-yu, O‘zbekistonga yetib keldi.
To‘yni ikki yosh Yangi yil oldidan besh yulduzli «Grosvenor House» otelida o‘tkazishdi. Shunday qilib sobiq ofitsiantka «Ledi Guli»ga aylandi.
Hisob-kitob qilinadigan bo‘lsa, Guli lordning qizidan 15 yosh kichik. Eridan esa naq 45 yosh kichik. Hozirning o‘zida juftlik Londondagi xorijiy davlatlar elchixonalarida tashkil etilgan nufuzli tadbirlarda ishtirok etishga ham ulgurishdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar