Noma’lum shaxslar brilliant uzuklar va 76 ming dollarni Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib o‘tishga urindi

Qozog‘iston chegarachilari kontrabanda yuki – zargarlik buyumlari va pul mablag‘larining Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib o‘tilishi oldini olishdi, Bu haqda Podrobno.uzga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘shlishicha, ikki noma’lum shaxs Sariog‘ochdagi Ko‘nisbaev nomidagi chegara-o‘tkazish punktida kontrabanda yo‘li bilan tilla va brilliantlarni olib o‘tishga uringan.
“Qo‘lga olingan shaxslarda 14ta zargarlik buyumi – tilla va brilliant uzuklar, ziraklar, bilaguzuklar va qo‘l soatlari, shuningdek, deklarasiyada qayd etilmagan pul mablag‘lari – 76,8 ming dollar, 143,3 ming tenge va 1000 o‘zbek so‘mi borligi ma’lum bo‘ldi”, – deyiladi Qozog‘iston chegara xizmati xabarida.
Hozirgi vaqtda Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli tadbirlar olib borilmoqda. Xabarda qo‘lga olingan shaxslar qaysi davlat fuqarosi ekanligiga oydinlik kiritilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing