Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 4 yanvar kuni pichoq bilan tan jarohati yetkazish holati yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Jomboyning «Qulbosti» mahallasida yashovchi J.A. o‘z uyida birga yashovchi amakisi B.G‘. bilan janjallashgan va janjal vaqtida amakisining qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.
«Natijada B.G‘. kasalxonaga yotqizilgan. J.A. ushlangan», — deyiladi IIV axborotida. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?