19:23 / 07.01.2019
7 849

2-Toshkent yuridik kolleji faoliyati tugatildi

2-Toshkent yuridik kolleji faoliyati tugatildi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, vazirlik tizimiga quyidagi yangi tuzilmalar kiritildi:
- malakani baholash markazlari;
- Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari;
- kasb-hunar kollejlari;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;
- “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” MChJ;
- O‘zbekiston-Malayziya kasb-hunar ta’limi markazi;
- oldindan ko‘niktirish va kasbga tayyorlash markazlari.

Bandlikka ko‘maklashish markazlari negizida ishga joylashtirish sohasida “bir darcha” prinsipi bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy ofislar tashkil etiladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq vazirlik ixtiyoridagi 2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi.

Manba: everyday.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2-Toshkent yuridik kolleji faoliyati tugatildi