Toshkentning Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi, deb yozadi «Gazeta.uz» qator manbalariga tayanib. Sud majlisi yopiq rejimda bo‘lib o‘tmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, ishning yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishiga davlat siri yoki qonun bilan himoyalanuvchi boshqa sirni saqlash zaruriyati bo‘lgan holatda yo‘l qo‘yiladi. Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, jarayon haqida ma’lumot taqdim etish masalasi sud vakolatiga kiradi.
«Ushbu jinoyat ishining ko‘rib chiqilishi yopiq tartibda amalga oshirildi. Hozir ish sud jarayonida bo‘lgani tufayli, jamoatchilikka axborot taqdim etish masalalari — faqat sud yurisdiksiyasi doirasida», — dedi Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova.
Nashr manbalariga ko‘ra, sud jarayoni 7 yanvar, dushanba kuni 10:00 da ish ishtirokchilarining barchasi ustidan sud bilan bir vaqtda boshlangan. Sudlanuvchilarning qarindoshlari sud zaliga kiritilmagan. Keyingi sud majlisi 9 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Rashidjon Qodirov 23 fevral kuni qo‘lga olingan edi. Keyinroq uning o‘g‘li qidiruvga berilgani ma’lum qilindi. May oyi oxirida esa Rashidjon Qodirov qon bosimidan aziyat chekib, mahbuslar shifoxonasiga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi