Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Yig‘ilish kun tartibidan 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida hududlarda eksport prognozining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2019 yilning eksport prognozi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan birinchi navbatdagi vazifalar o‘rin olgan.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sonini ikki barobarga oshirish hamda O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242 farmoni ijrosi muhokama qilinadi.
Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, DSI boshliqlari, tijorat banklari rahbarlari, sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning birinchi rahbarlari ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi