date
views 5 315

Ra’no Shodiyeva oyog‘i bilan san’at asarlari yaratayotgan rassom qiznikida mehmon bo‘ldi (foto)

Ra’no Shodiyeva oyog‘i bilan san’at asarlari yaratayotgan rassom qiznikida mehmon bo‘ldi (foto)
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Birlashuv mahallasida yashovchi 18 yoshli Zuhra Usmonova oyog‘ida rasm chizadi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi" rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva yosh rassom xonadonida bo‘ldi. Bu haqda "Zarnews.uz" nashri xabar berdi.

Imkoniyati cheklangan bolalar doimiy parvarish va e’tiborga muhtoj, - deydi Ra’no Shodiyeva. - Ammo ularning iqtidorlarini doimiy qo‘llab-quvvatlash kerak. Bu yo‘lda markaz tizimli ishlarni olib boryapti.

Zuhraning hozirgacha 50 ga yaqin natyurmort, portret, erkin ijodiy asarlari bor. Markaz rahbari yana ko‘plab imkoniyati cheklangan payariqlik yoshlar xonadonida bo‘lib, ular bilan ham dildan suhbatlashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ra’no Shodiyeva oyog‘i bilan san’at asarlari yaratayotgan rassom qiznikida mehmon bo‘ldi (foto)