22:51 / 14.01.2019
7 728

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 14-yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi