Turli nashrlar tomonidan tarqatilgan xabarlarga koʻra, Andijon viloyat IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olingan.
Qayd etilishicha, ushlanganlar qoʻlida jabr koʻrganlardan 150 nafarga yaqini hozirda rasman shikoyat qilgan.
Kun.uz ushbu holatga oydinlik kiritishni soʻrab, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.
“Hozirda ayrim IIB xodimlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, - dedi Bosh prokuratura rasmiy vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, Andijon viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasining ayrim xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206- (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234- (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) moddalari bilan 2018 yil 19 dekabr kuni Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuraturaning oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi yurituvida.
“Bu ish yuzasidan qonuniylik taʼminlanadi”, - deydi Surayyo Rahmonova. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi