Xabaringiz bor, kecha, 20 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniyaga yetib bordi. Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston rahbari vatandoshlarimizning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi. “Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin