“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida elektron hamyonlardan foydalanish tartibini soddalashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida elektron hamyonlardan foydalanish tabiiy holga aylangan. O‘zbekistonda ham bu qulaylikni joriy etish zarur. Masalan, Webmoney, Qiwi, Yandex.money va boshqa elektron hamyonlarga oddiy yoki maxsus bankomatlar, shuningdek, elektron to‘lov tizimlari orqali pul tashlash imkonini yaratish kerak.
“Ayni vaqtda Webmoney va Qiwiga ayrim mobil ilovalar yoki saytlar orqali pul tashlash imkoni bo‘lsa-da, lekin ularning komissiya to‘lovlari juda yuqori - 7 foizdan 40 foizgacha. Agarda 100 ming so‘m Webmoneyga tashlansa, hisobga 60 yoki 70 ming so‘m miqdordagi pul tushadi”, - deyiladi murojaatda.
Bunda xizmatni taklif etuvchilar ulkan miqdordagi komissiya to‘lovini ushlab qoladi. Tabiiyki, bunday xarajatlar hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi.
“Shu sababli, elektron hamyonlarga pul tashlash imkoniyatini qulaylashtirish kerak bo‘lib, bu Internet orqali onlayn savdo qilish, mahsulotlar va xizmatlardan foydalanishda aholiga qulayliklar yaratadi”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi