7 026
Toshkentda qidiruvdagi bir guruh shaxslarni qo‘lga olish chog‘ida IIBB xodimlari jarohatlandi
Toshkentda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilishicha, ular qo‘lga olish chog‘ida faol qarshilik ko‘rsatgan.
Toshkent shahar IBBB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish davomida muqaddam bir necha bor sudlangan, shu yilning 14 yanvarida firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun Farg‘ona viloyat IIB tomonidan qidiruvga berilgan 26 yoshli Vohid Toshmatovning yashash joyini aniqlashgan.
«O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida IIBB xodimlari ilgari bir necha bor sudlangan va joriy yilning 14 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qismi («Firibgarlik»)da qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruv e’lon qilingan 26 yoshli Vohidjon Ulug‘bekovich Toshmatovning turar joyini aniqlashdi. Qo‘lga olish vaqtida qidiruvda bo‘lgan shaxs bilan bir xonadonda bo‘lgan qarindoshlari IIBB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatishdi. Ikki nafar xodimga tan shikastlari yetkazilgan. Xizmatdoshlariga yordamga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari V. Toshmatov bilan o‘n kishini qo‘lga olishdi», deyiladi xabarda.
Tekshiruv davomida qo‘lga olingan shaxslardan yana uch nafari jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lishgani aniqlangan. Ulardan biri Farg‘ona viloyati IIBB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida («Firibgarlik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan 46 yoshli Odina Solijonovna Sohibova; Toshkent viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida («Bezorilik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan farg‘onalik 22 yoshli Ozodbek Shuhratovich Sohibov; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida («Bezorilik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun Farg‘ona viloyati IIB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan 24 yoshli Zohid Ulug‘bekovich Toshmatov.
«Toshkent shahar IIBB qo‘lga olingan shaxslar tomonidan poytaxt hududida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasida («Firibgarlik») qayd etilgan jinoyatni sodir etganliklari to‘g‘risida ma’lumotga ega», deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi