10 088
O‘zbekistonda eng ko‘p oylikni qaysi sohada ishlovchilar olmoqda, eng kam oylikni-chi?
2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida eng yuqori o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bank sohasi xodimlarida qayd etildi, eng kami - sog‘liqni saqlash sohasida. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,8 mln so‘mni (216 AQSh dollari) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 25,0%ga o‘sgan.
Ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.
O‘zbekistonda eng yuqori daromadlar bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohalarida: ular bir oyda o‘rtacha 3,5 mln so‘m (420 dollar) olishadi.
Eng kam oylik ish haqi ta’lim sohasida - 1,3 mln so‘m (156 dollar) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida - 1,1 mln so‘m (130 dollar).
Savdo xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 1,9 mln so‘mni (228 dollar) tashkil etdi, qurilishda - 2,2 mln so‘m (265 dollar), tashish va saqlashda - 2,5 mln so‘m (300 dollar), san’at, ko‘ngilochar va dam olish sohasida - 1,6 mln so‘m (190 dollar).
2018 yilning noyabr oyi boshida O‘zbekiston hukumati davlat ishidagi xodimlar ish haqini oshirishga qaror qildi: o‘qituvchilarga - 10 foiz, tibbiyot xodimlariga - o‘rtacha 26,5 foiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi