5 110
Bosh prokuratura Nurxon Nafasov bo‘yicha Milliy Olimpiya qo‘mitasiga aybsizlik prezumpsiyasini eslatdi
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston karate milliy Federatsiyasining qator mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
«23.01.2019 yilda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy saytida «Nurxon Nafasovning kirdikorlari fosh bo‘ldi» nomli xabar chop etildi. Mazkur xabar bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati shuni qat’iyan ma’lum qiladiki, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va olib borilayotgan tergov harakatlari yuzasidan rasmiy ma’lumotlar faqatgina bu borada mutasaddi tergov va nazorat qiluvchi organlar tomonidan beriladi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Bosh prokuratura dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan shaxslar haqida keng jamoatchilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga zid va bunday holatlar o‘zgalarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidlagan.
«Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan aniqlangan holatlar bo‘yicha biror-bir shaxs, xususan N.Nafasov gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi