09:06 / 26.01.2019
5 859

Gollivuddagi taniqli prodyuserning qallig‘i Toshkent aeroportida ushlandi

Gollivuddagi taniqli prodyuserning qallig‘i Toshkent aeroportida ushlandi
Qator nashrlar xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida 23 yanvar kuni Londondan uchib kelgan asli o‘zbekistonlik top-model Nadya Nepomnyaщaya qo‘lga olingan.

U 5 soat ushlab turilgach qo‘yib yuborilgan. Unga chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun ushlanib qolingani va jinoyat ishi ochilganini aytishgan, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 29 yoshli Nepomnyaщaya Toshkentga qallig‘i - kinoprodyuser Maykl Greysi bilan uchib borgan. U pasportida viza varaqlari to‘lib ketgani sababli uni xorijiy pasportga almashtirish uchun O‘zbekistonga kelgani aytiladi.

Kun.uz ushbu ma’lumotga oydinlik kiritishni so‘rab, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
«2019 yil 23 yanvar kuni fuqaro N.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, 2019 yilning 23 yanvar kuni «London-Toshkent» yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan yo‘lovchilar chegara nazoratidan o‘tkazish jarayonida, shu reys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 1989 yil 16 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi N.N.ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasportida dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi “stikeri”ni rasmiylashtirmasdan, qonunga xilof ravishda, belgilangan tartibni buzib, 2018 yil 9 avgustda Rossiya Federatsiyasi orqali Angliya davlatiga borganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda», - dedi Surayyo Rahmonova.
Ma’lumot uchun: asli toshkentlik 29 yoshli Nadya Nepomnyaщaya to‘rt yildan buyon Londonda yashab keladi. Ungacha to‘rt yil AQShda modellik qilgan.
Qator OAVdagi xabarlarga ko‘ra, u so‘nggi bor O‘zbekistonda to‘rt yil avval bo‘lgan.

«Chiqish vizasi muddati tugaganidan keyin uchinchi davlatga chiqqani uchun unga jinoyat ishi ochishyapti. U Moskvada yashaydigan onasini ko‘rgani tez-tez borib turar edi», - degan uning dugonasi.

Uning qallig‘i avstraliyalik Maykl Greysining “Buyuk shoumen” filmi uchta nominatsiya – eng yaxshi komediya va myuzikl, eng yaxshi erkak aktyori va eng yaxshi saundtrek bo‘yicha 2018 yilgi “Oltin globus” mukofotiga taqdim etilgan edi.

Chiqish vizasi bo‘lmagan yoki muddati o‘tgan chiqish vizasi bilan yurgan o‘zbekistonlik fuqaro Jinoyat kodeksining 223-moddasiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortilib, minimal ish haqining to‘rt yuz barobarigacha jarima va 3 yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gollivuddagi taniqli prodyuserning qallig‘i Toshkent aeroportida ushlandi