O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan 2019 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotda 2019 yilning yanvar oyida meva va sabzavot mahsulotlari narxlari o‘rtacha 8,3 foizga o‘sgan.
Sitrus mevalari narxlarini 1,0 foizga arzonlashganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha turdagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarida o‘sish kuzatilgan.
Alohida turdagi meva-sabzavot mahsulotlarining iste’mol
narxlari indeksi – 2019 yil yanvar 2018 yilning dekabriga nisbatan, %
2019 yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar guruhi tarkibiga kiruvchi mahsulotlardan uzum (1,3 baravar), tarvuz (22,0 %) va pomidor (16,3 %) narxlarining yuqori darajada qimmatlashganligi qayd etilgan.
Shuningdek, infografika ma’lumotlarida ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlardan tashqari oshqovoq (8,6 %), bodring (8,0 %), sarimsoq (5,1 %), tuzlangan bodring va pomidor (3,4 %), lavlagi (1,7 %), yong‘oq (1,2 %), quritilgan mevalar (1,1 %) narxlari ham qimmatlashgan.
Yillik ma’lumotlar tahliliga ko‘ra (2019 yil yanvar 2018 yilning yanvariga nisbatan), meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o‘rtacha 5,0 foizga qimmatlashdi. Ushbu guruh mahsulotlari narxlari orasidagi o‘zgarish doirasi nisbatan keng bo‘ldi. Karam narxlari maksimal darajada qimmatlashib (2,5 baravar), sarimsoq narxlari esa aksincha minimal darajada (43,5 %) arzonlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi