09:18 / 05.02.2019
5 534

Moskva—Toshkent—Moskva reyslariga aviachiptalar narxi keskin pasaytirildi

Moskva—Toshkent—Moskva reyslariga aviachiptalar narxi keskin pasaytirildi
2019 yilning 4 fevralidan 31 martiga qadar Uzbekistan Airways tomonidan Moskva—Toshkent—Moskva reyslariga aviachiptalarni eng arzon klasslar bo‘yicha bron qilishning (O, S, U va L) narxi pasaytirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur davrda Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 100 yevrodan, har ikki tomonga esa 200 yevrodan boshlanadi.
Moskvadan Toshkentga va Toshkentdan Moskvaga reyslar har kuni, kuniga uch marta amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways aviachiptalarini book.uzairways.com sayti va aviakompaniyaning chiptalar sotuvchi ofislaridan xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 140-02-00.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Moskva—Toshkent—Moskva reyslariga aviachiptalar narxi keskin pasaytirildi
[/banner_pushhouse