Toshkentda 15 yoshli qiz o‘z uyi pod’ezdida bo‘g‘ib o‘ldirildi (foto)

Toshkentda 15 yoshli qiz o‘z uyi pod’ezdida bo‘g‘ib o‘ldirildi (foto)
Toshkentning Yunusobod tumanida 7 fevral kuni kechqurun 15 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘g‘ib o‘ldirildi. Bu haqda «Daryo»ga Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda 15 yoshli qiz o‘z uyi pod’ezdida bo‘g‘ib o‘ldirildi (foto)
Foto: «Repost»
Qizning jasadi uyga kiraverishda topilgan. Uning o‘limiga bo‘g‘ilish sabab bo‘lgani aniqlangan. Joriy yilning aprelida qiz 16 yoshga to‘lardi. U 246-maktabda tahsil olardi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qizning o‘limida aybdorlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar