09:38 / 14.02.2019
6 591

Namanganda Qirg‘izistondan soxta 32 ming dollar olib o‘tgan shaxslar qo‘lga olindi

Namanganda Qirg‘izistondan soxta 32 ming dollar olib o‘tgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
2019 yil 11 fevral kuni Namangan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Yangiqo‘rg‘on tumanining «Madaniyat» mahallasida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qildi.

Tumanning «Soybo‘yi» mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan N.Orif va «Do‘stlik» mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan R.Nosir 100 AQSh dollari kupyurasidagi jami 32300 AQSh dollarini haqiqiy 10 000 AQSh dollariga sotishga uringanida ushlangan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida N.Orif, R.Nosir va Namangan tumani, Tepaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi «Nasim» ismli noma’lum shaxs Qirg‘izistonda yashovchi G.Ruslan hamda hozirda shaxsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan noma’lum kishilar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 100 AQSh dollari kupyurasidagi jami 32300 dollarni qalbaki usulda tayyorlab, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga o‘tkazish maqsadida olib o‘tgani aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKB xulosasida ushbu dollarlar tipografiya korxonasida maxsus himoya vositalari bilan ta’minlangan qog‘ozda emas, boshqa dastgoh-uskunalar va rangli printer yordamida qalbakilashtirib, tayyorlangani ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2019 yil 12 fevral kuni N.Orif, R.Nosir, «Nasim» va Qirg‘izistonda yashovchi «Ruslan» ismli shaxslarga nisbatan JKning 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda Qirg‘izistondan soxta 32 ming dollar olib o‘tgan shaxslar qo‘lga olindi