Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi, deb xabar qilmoqda Davlat soliq qo‘mitasi.
Yalpi pasportlashtirish tadbirining dastlabki ikki kuni davomida 19 032 ta ob’ektlar ko‘zdan kechirilgan va quyidagilar aniqlangan:
– 5 651 nafar mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoyalanishlari uchun ish beruvchilar bilan munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari;
– 2 254 nafar jismoniy shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari;
– 3 968 ta ob’ekt egalariga ijara shartnomalarini davlat soliq inspeksiyalarida ro‘yxatga qo‘yishlari va 875 ta mol-mulk ob’ekti hamda yer maydoni egalariga mulkini kadastr idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari to‘g‘risida profilaktik suhbat va ogohlantirishlar berilgan.
Pasportlashtirish tadbirida 2 558 nafar davlat soliq xizmati organi xodimlari jalb etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi