Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi No‘’monali Izbosarov salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Izbosarov o‘rniga Bektemir Ibragimov Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ibragimov 2010-2013 yillarda Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shundan keyin 2016 yilga qadar O‘rta Chirchiq tumani hokimi vazifasida ishlagan.
2018 yili 12 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Bo‘ka tumani hududidagi «Valixon ota» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirgandi. 13 oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimi farmoyishi asosida 5ta tuman hokimi, xususan Bo‘ka tumani hokimi ham ikki oylik maoshlaridan mahrum qilingan.
Paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli tuman IIB boshlig‘i Ixtiyor Hasanov ishdan olindi. Shu vaj bilan Bo‘ka tumani prokurori va Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishdan ketgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi