08:03 / 23.02.2019
4 928

Uy-joy kommunal sohasiga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Uy-joy kommunal sohasiga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi
“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjat loyihasida aytilishicha, ko‘p qavatli uy-joylarni kapital va joriy ta’mirlash ishlarini keskin arzonlashtirish, zamonaviy qurilish materiallarni jalb etish va qurilish ishlari sifatini keskin oshirish maqsadida tijorat banklar tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarfaqatgina “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari bilan shartnoma tuzgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ajratish mexanizmi joriy etiladi.

“2019 yil 1 martdan boshlab ajratilgan kredit mablag‘lari va majburiy badallar hisobidan ko‘p xonadonli uy-joy fondini joriy va mukammal ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish (uy-joylarga texnik xizmat ko‘rsatish, hududini saqlash, kunu-tun ishlaydigan dispetcherlik xizmatini tashkil etish) bo‘yicha ishlar tegishli xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, professional boshqaruv kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan amalga oshirilishi choralari ko‘rilsin” – deyilgan hujjat loyihasida.

Qaror loyihasiga “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarining faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ilova qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tashkil etilgan 102 ta “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUKlar faoliyati sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganligi, 2018 yilda ularning kuchi bilan 215,0 mlrd.so‘mdan ortiq ish hajmi bajarilganligi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yanada kuchayganligi;

2018 yildan boshlab “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan barcha hududlarda ko‘p xonadonli uy-joy fondining kapital va joriy ta’mirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan loyihada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy-joy kommunal sohasiga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi