“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Biznes telekanali”ni tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda tadbirkorlarning faoliyatini to‘liq yoritadigan, biznes sirlarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan, tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtiradigan maxsus telekanal mavjud emas.
“Agar tadbirkorlik sohasiga bag‘ishlangan maxsus telekanal tashkil etilsa va uning dasturlari faqat shu yo‘nalishda bo‘lsa, tadbirkorlar bir-birlarini yanada yaqinroq tanishardi, mahsulotlarni reklama qilish uchun qulaylik bo‘lardi”, - deyiladi petitsiyada.
Bildirilishicha, maxsus telekanal orqali o‘z mahsulotlarini va ishlab chiqarish jarayonlarini efirga uzatishlari mumkin bo‘ladi. Bu telekanalning tashkil etilishi xorijiy investitsiyalarni ham kengroq jalb etishga, xorijlik tadbirkorlarning e’tiborini yanada tortishga xizmat qilishi mumkin.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, maxsus “Biznes telekanali”ni tashkil etishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi