Foto: IIB YHXB matbuot xizmati
Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi viloyat hududida tezlik oqibatida yo‘l transport hodisalari salmog‘ini kamaytirish maqsadida patrul avtomobillarga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatmoqda. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yilning 12 oyi viloyat hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari tizimli ravishda kompleks tahlil qilinganda, qariyb 50 foiz yo‘l transport hodisalarini kelib chiqishiga tezlik asosiy omil bo‘lib qolmoqda.
«Ushbu patrul avtomobillarga o‘rnatilgan fotoradarlar real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarlikni qayd etadi», – deyiladi IIB xabarida.
Foto: IIB YHXB matbuot xizmati
Ta’kidlanishicha, qoidabuzarlik aniqlanganda simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni «O‘zbekiston pochtasi»ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsga pochta orqali xabar beradi.
Hozirda ushbu fotoradarlar test rejimida ishlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi