2 926
O‘zbekistonda yangi kodeks paydo bo‘ladi: ayrim mahbuslar ham saylovda ovoz berishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati yalpi majlis yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonunni muhokama etib, ma’qulladi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Senat yig‘ilishida mamlakat saylov masalasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan tashqari yana 5ta qonun qabul qilingani alohida ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, saylov qonunchiligining tarqoq holda bo‘lganligi huquqni qo‘llash amaliyotida bir qator murakkabliklar tug‘diradi, fuqarolar tomonidan ularni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Qonun normalari orasidagi asossiz takrorlanishlarga sabab bo‘ladi.
Endilikda Ekologik harakat vakillari uchun Qonunchilik palatasida deputatlar o‘rinlarini kvotalash instituti chiqarib tashlanadi, bunda Qonunchilik palatasidagi deputatlar o‘rinlarining umumiy soni (150ta o‘rin) saqlab qolinadi.
Shuningdek, Saylov kodeksida katta ijtimoiy xavfi bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etilgan joylarda saqlanayotgan shaxslarning saylovda ishtirok etishi bo‘yicha cheklovlar olib tashlanmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga nomzodlar ko‘rsatish tartibi bekor qilinadi. Shu tariqa siyosiy partiyalar xalq deputatlar viloyat, tuman va shahar kengashlariga nomzod ko‘rsatishlarda mutlaq huquqiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi