18:00 / 28.02.2019
6 910

Toshkentlik yigit Darxondagi 18 qavatli uydan o‘zini tashladi

Toshkentlik yigit Darxondagi 18 qavatli uydan o‘zini tashladi
Foto: Instagram/@valdemarios
Toshkentda 23 fevral kuni yosh yigit Darxondagi 18 qavatli uyning 15-qavatidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qildi deb "Repost" nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu noxush voqea 4-«b» uyda sodir bo‘lgan bo‘lib, yigit pod’ezdga soat 19:00 atrofida kirgan va taxminan bir soatcha vaqt o‘tgach balkondan sakragan. Natijada u olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, yigit 23 yoshda bo‘lib, Toshkentning Yunusobod tumanida yashagan.
Hodisa sabablari ma’lum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentlik yigit Darxondagi 18 qavatli uydan o‘zini tashladi